Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev “Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi” Kodeks tuzatişlariga imzo çekdi, deb xabar beradi davlat rahbari devoni axborot siyosati bölimi.

Eslatib ötamiz, jamoat joylarida sökinganlik, fuqarolarga tegajoğlik qiliş va boşqa jamoat tartibini buzuvçi şu kabi harakatlar eng kam iş haqining 15 baravari miqdorida jarimaga tortilişi orqali 8 soatlik jamoat işlariga jalb etiş yoki 5 sutkalik ma'muriy qamoq bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan şaxslar tomonidan amalga oşirilgan mayda bezorilik uning ota-onasiga eng kam iş haqining 10 baravari miqdorida jarima solinişiga olib keladi.

Iş joyida, korxona, taşkilot, muassasa hududlarida spirtli içimliklar iste'mol qiliş yoki iş vaqtida mast holda yuriş eng kam oylik iş haqining 10 baravari miqdoridagi jarima solinişiga sabab böladi.

Köçalar, stadionlar, maydonlar, köp qavatli uylar hovlisida, barça turdagi jamoat transporti va boşqa jamoat joylarida giyohvand yoki psixotron moddalarni, spirtli içimliklarni iste'mol qiliş yoki bunday joylarda mast holda paydo böliş 8 soatlik jamoat işlariga jalb etilgan holda eng kam oylik iş haqining 10 baravari miqdoridagi jarimaga tortilinişiga olib keladi. 

Ma'muriy javobgarlik çorasi körilgandan söng, bir yil davomida xuddi şu harakatlarni takroran amalga oşiriş eng kam oylik iş haqining 10 baravaridan 20 baravarigaça jarima va 8 soatlik jamoat işlariga jalb etişga olib keladi.

Agarda körsatilgan harakatlar bir yil davomida ikki bor giyohvand va psixotrop moddalarni, şuningdek, spirtli içimliklarni iste'mol qiliş uçun ma'muriy javobgarlikka tortilgan şaxs tomonidan amalga oşirilsa,  eng kam oylik iş haqining 20 baravaridan 30 baravarigaça jarima va 8 soatlik jamoat işlariga jalb etişga sabab böladi.

Jamoat joylarida voyaga yetmaganlarning mast holda paydo bölişi, şuningdek, ular tomonidan giyohvand yoki psixotrop moddalar yoxud spirtli içimliklarning iste'moli ular ota-onasiga eng kam oylik iş haqining 10 baravaridan 20 baravarigaça jarima solinişiga sabab böladi.

Voyaga yetmagan şaxslarni tilançilikka jalb etiş, spirtli içimliklar, giyohvand yoki psixotrop bölmagan, ammo intellektual faoliyatga ta'sir ötkazuvçi moddalarni iste'mol qiliş 8 soatlik jamoat işlariga jalb etiş hamda eng kam oylik iş haqining 50 baravaridan 100 baravarigaça jarimaga sabab böladi.
Uşbu tuzatişlar uçun 111 nafar deputat ovoz berdi. Qonun rasman e'lon qilingandan ön kun ötib kuçga kiradi.