Tojik-qirğiz çegarasida ikki davlat fuqarolari örtasida mojaro çiqişi oqibatida Qirğizistonning Kök-Toş qişloğidagi uç kişi uyining oynasi sindirildi. Bu haqda Turmush naşri muxbiri xabar bermoqda.

Avvalroq Qirğiziston çegara xizmatida ma'lum qilinganidek, 22 yanvarda Batken viloyatining Kök-Toş qişloğida ikki davlatning çegara oldida yaşovçi yoşlari örtasida nizo çiqqan. Ikki davlat fuqarolari örtasidagi dahanaki jang özaro toş uloqtirişga aylanib ketgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, nizo oqibatida ikki davlat fuqarolarining bir uyi va 4 avtomaşinasiga şikast yetgan.

"Şu kunning özida nizo bostirilgan. Ayni vaqtda çegara hududidagi vaziyatni ikki davlat mahalliy hokimiyat idoralari vakillari, militsiya xodimlari nazorat qilmoqdalar. Şu kunning özida Qirğiziston va Tojikiston çegara xizmati vakillarining uçraşuvi bölib ötdi, unga köra işçi tartibda xizmatni olib boriş, çegaradagi vaziyatni tinçlik yöli bilan tartibga soliş uçun barça çoralarni köriş, voqea sabablarini tergov qilişga kelişib olindi. Tomonlar çegaraoldi hududlari aholisi bilan tuşuntiriş işlarini faollaştirişga qaror qilişdi", deyilgan xabarda.