Dono xalqimiz har kim savobli işni har kuni qilişi kerak, deb bejiz aytişmagan. Ammo hayotiy taşvişlar sabab bunday işlarni doim ham amalga oşiravermaymiz. Gohida esa, qandaydir bir tasodif bizni ana şu ezgu yölga boşlaydi.
eSchool.pro sayt startapining vujudga kelişi va bugungi kunda aholiga beminnat xizmat körsatayotgani ham gapimizning yaqqol tasdiğidir. Uşbu loyiha asosçisi Şerzod Aripjonov şunday deydi: “Bu ğoya ikki yarim yil oldin, jiyanim birinçi sinfga borayotganida kelgan edi. Jiyanim rus tiliga ixtisoslaşgan maktabda öqirdi. Dasturçi bölganim bois uning öqişlarda qiynalib qolmasligi uçun unga yordam berdim va şu onlayn platformani işga tuşirdim”.
Bugungi kunga kelib bu xayrli maqsad kölami yanada kengaydi. Hozirgi kunda uşbu saytda maktab yoşigaça bölgan bolalar uçun matematikadan ikkita sinf bor. Bular safiga birinçi va beşinçi sinf öquvçilariga möljallangan darslar ham qöşilgan. Bundan taşqari, birinçi sinfdan törtinçi sinf öquvçilariga möljallangan rus tilidan interaktiv testlar bolalar e'tiboriga havola etilgan.

“Kelajakdagi rejalar bisyor”, - deydi loyiha asosçisi Şerzod Aripjonov. – “Kelgusida matematika va rus tili öquv maşğulotlarini töqqizinçi sinf öquvçilariga möljallab, işlab çiqmoqçimiz. Boşqa fanlarni qöşiş niyatimiz ham yöq emas. Qolaversa, hozir sayt ota-onalar va bolalarga möljallangan. Yaqin kelajakda unga öqituvçi va katta yoşli öquvçilar, repetitorlarga möljallangan dasturlarni kiritiş istagidamiz.

Bilim oliş, ilm çöqqilarini egallaş kişini ma'rifatli hamda komil inson bölib yetişişiga sabab böladi. Eng ilğor texnologiyalar asosida tarğib etilayotgan ilm oliş vositalari bu yölda yana talabçan, fidokor va jöşqin bölişga undaydi. eSchool.pro sayt startapi ilm çöqqisiga yetiş yölidagi dastlabki qadam bölişiga işonib qolamiz.











