Özbekiston prezidenti 28-oktabr kuni Toşkentda oçilgan Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi iştirokçilariga tabrik yölladi.
Murojaatda mintaqa mamlakatlarining kelgusi taraqqiyoti taʼlim sohasidagi islohotlar va hamkorlik samarasiga boğliq ekani qayd etilgan. Prezident qariyb 85 million aholi yaşaydigan Markaziy Osiyoning demografik salohiyatini intellektual kuçga aylantirişning eng samarali yöli sifatli, zamonaviy taʼlim ekanini taʼkidlagan.
Taʼlim yangi kasblarga tayyorlaşi kerak
Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, kelgusi ön yilda köplab kasblarga munosabat özgaradi, mutlaqo yangi ixtisosliklar paydo böladi.
«Şunday ekan, taʼlim tizimi faqat tayyor bilim beriş bilan çeklanmasdan, yoşlarda mustaqil fikrlaş, ijod qiliş, masʼuliyatni his etiş va butun umr davomida yangilikka intilib, örganib yaşaş könikmalarini ham şakllantirişi zarur», - deyiladi murojaatda.
Buning uçun öqituvçi va murabbiylar rolini oşiriş, taʼlim mazmunini yangilaş, yoşlarni mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga yönaltiriş ustuvor vazifalar sifatida körsatilgan.
Şuningdek, maktab, texnikum, universitet va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga eʼtibor qaratilişi bildirilgan.
Maktabgaça taʼlimdan ilm-fangaça
Prezident yaqinda qabul qilingan farmon bilan maktabgaça va maktab taʼlimi, kasbiy va oliy taʼlim hamda ilm-fan boşqaruvi yagona tizimga birlaştirilganini qayd etgan.
Uning taʼkidlaşiça, bundan maqsad bolaning dastlabki bilim olişidan yetuk mutaxassis yoki olim bölib şakllanişigaça bölgan bosqiçlarning uzviy boğliqligini taʼminlaşdir.
Qizlar, qişloq va çekka hududlardagi bolalar, alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan yoşlar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş ham muhim vazifa sifatida belgilangan.
Sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy muhandislikni rivojlantiriş, universitetlarni ilmiy ixtiro va işlanmalar markaziga aylantiriş hamda yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaşga alohida urğu berilgan.
Mintaqa universitetlari hamkorligi kengaytirilişi zarur

















