Kuvayt amirligi hukumati beş nafar xorijlik, hukmron As Sabahlar oilasi a'zosi hamda amirlik fuqarosi bölgan ayolga tayinlangan oliy jazoni ijro etişga buyruq berdi, deb xabar qilmoqda KUNA milliy agentligi.
Xabarlarga köra, şayx Faysal Abdulla al Jobir as Sabah 2010 yilda sodir etgan qotilligi uçun ölim jazosiga mahkum etilgan.
Beş nafar xorijliklarning ikki nafari misrlik, Filippin va Efiopiya ayol fuqarolari va bangladeşlik bor. Ular turli oğir jinoyatlarda aybdor topilgan.
Frans Press agentligining xabar qilişiça, qatl qilingan kuvaytlik ayol Nusra al Anaziy 2009 yilda ölim jazosiga mahkum qilingan. U erining töyida qasddan öt qöygani uçun oliy jazoga loyiq körilgan. Gap şundaki, fojia oqibatida kamida 57 kişi, şu jumladan ayollar va bolalar ham hayotdan köz yumgan.












