«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, bu masalalar Özbekistonning tegişli idoralari hamda mehmonxona vakili iştirokidagi onlayn uçraşuvda muhokama qilingan.

Muloqotda Taşqi işlar vazirligi, Özbekistonning Kuvaytdagi elçixonasi, Migratsiya agentligi va Kasb-hunar taʼlimi agentligi mutaxassislari qatnaşgan. Tomonlar kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda bitiruvçilarini amaliyotga qabul qiliş va keyinçalik mehmonxonaga işga joylaştiriş istiqbollarini körib çiqqan.

Mehmonxona vakilining taʼkidlaşiça, nomzodlarni tanlaşda turizm va texnik mutaxassisliklar böyiça kasbiy tayyorgarlik hamda ingliz tilini biliş darajasiga alohida eʼtibor qaratiladi. Mehnat şartnomalarini bir yil muddatga tuziş rejalaştirilgan.

Hamkorlikni yölga qöyiş uçun tomonlar özaro anglaşuv memorandumini tayyorlaşga kelişib olgan. Mehmonxona böş iş örinlari, nomzodlarga qöyiladigan talablar va mehnatga haq tölaş şartlari haqida maʼlumot taqdim etadi. Şundan söng Migratsiya agentligi iş izlovçilarni dastlabki saralaşdan ötkazadi.

Uçraşuv yakunida memorandum loyihasini tayyorlaş va kelişiş, böş iş örinlari röyxatini aniqlaştiriş hamda keyinçalik nomzodlarni tanlaşni boşlaş vazifalari belgilab olingan.

Courtyard by Marriott - Marriott International xalqaro mehmonxonalar tarmoği brendlaridan biri.