Toşkent janubiy temir yöl vokzali Özbekiston mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida foydalanişga topşirilişi kutilayapti. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Boştransloyiha» AJ tomonidan loyihalaştirilgan mazkur inşoot hi-tech usulda barpo etiladi. Binoning taşqi körinişi oq rangda bölib, naqşlar keramika va sun'iy toşlar bilan bezatiladi. Vokzal bir qavatli bölib, Toşkent şahar iqlimini inobatga olgan holda isitiş va sovutiş tizimlariga alohida e'tibor qaratilgan. Bu yerda yölovçilarga köplab qulayliklar yaratiladi. Şuningdek, 8,7 X 6 metr bölgan jahon andozalariga mos yuqori servis xizmati körsatişga möljallangan VIP zal rejalaştirilgan.

Yana bir qulaylik - inşootning har ikki tomonida avto turargohlar barpo etiladi. Temir yöl kassalari bino taşqarisidan joy olgan bölib, zamonaviy tarzda quriladi. Binoning old tomoni obodonlaştirilib, markazda 20 metr diametrdagi favvora bunyod etiladi. Bino bir sutkada ön ming kişiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega tarzda bunyod etiladi. Şu kungaça bu yerdan faqat şaharlararo yönalişlarda qatnovlar amalga oşirilgan bölsa, endilikda bir qator mahalliy yönalişlar «Toşkent–Janubiy» vokzalidan amalga oşiriladi.











