«Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston» temiryölini quriş loyihasi faol bosqiçga ötdi. Bu haqda Qirğiziston Transport va kommunikatsiyalar vazirligiga tayanib 24.kg xabar berdi.
Ta’kidlanişiça, Qirğiziston Transport va kommunikatsiyalar vazirligida Xitoy Davlat temiryöl korporatsiyasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Tomonlar loyihani amalga oşirişning borişi va temiryöl qurilişining keyingi bosqiçlarini muhokama qildi. Uçraşuvda transport va kommunikatsiyalar vazirining örinbosari Almaz Turgunbayev va Xitoy Davlat temiryöl korporatsiyasi boşqaruvi a’zosi Van Szinsi iştirok etdi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, loyiha böyiça asosiy xalqaro va investitsiyaviy kelişuvlar allaqaçon imzolangan. Şuningdek, boş pudratçi aniqlanib, moliyalaştiriş masalalari hal etilgan. Ayni paytda tunnellar, köpriklar va boşqa infratuzilma obektlari qurilmoqda.
Qirğiziston tomoni qurilişga mahalliy mutaxassislarni jalb etiş, mamlakatda işlab çiqarilgan materiallardan foydalaniş va ekologik talablarga rioya qiliş zarurligini ta’kidladi. Uçraşuvda ikki mamlakat vakillari loyihani amalga oşirişda şaffoflik muhim ekanini qayd etib, qurilişni belgilangan muddatlarda yakunlaş uçun hamkorlikdagi işlarni davom ettirişga kelişib oldi.
«Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston» temiryöli mintaqadagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri hisoblanadi. Yölning umumiy uzunligi qariyb 480 kilometrni taşkil etadi, şundan 304 kilometrdan ortiği Qirğiziston hududidan ötadi.
Yangi temiryöl koridori Yevrosiyo kontinental köprigining janubiy böğiniga aylanib, Janubi-Şarqiy, Ğarbiy Osiyo va Yaqin Şarq bozorlariga yöl oçişi kutilmoqda. Uşbu yönaliş Xitoydan Qirğizistonga, şuningdek, Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq mamlakatlariga, jumladan, Turkiyaga va undan keyin Yevropa Ittifoqiga yuklarni yetkazib berişni ta’minlaşi mumkin.








