Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Temir yöl transporti xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yölladi.
“Avvalo, siz, azizlarni – öz kasbining haqiqiy ustasi bölgan işçi va xizmatçilar, quruvçi va muhandislar, maşinistlar, vagon kuzatuvçilari hamda soha faxriylarini Temir yöl transporti xodimlari kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman”, deyiladi tabrikda.
Prezident soha xodimlari mamlakat iqtisodiy qudratini oşiriş, transport-kommunikatsiya tizimini izçil rivojlantiriş va xalq farovonligini yuksaltirişga munosib hissa qöşib kelayotganini e’tirof etgan.
“Sönggi yillarda sohada olib borayotgan keng kölamli islohotlarimiz ulkan natijalar bermoqda. Bu özgarişlarni 2 ming 400 kilometrdan köproq yangi temir yöl tarmoqlari qurilib, foydalanişga topşirilgani, 3 ming kilometrdan ortiq yöllar elektrlaştirilib, 1 ming 100 kilometrdan ziyodi reabilitatsiya qilingani misolida yaqqol köriş mumkin.
Bu haqda söz yuritganda, yirik investitsiya loyihalari asosida Samarqand – Urgut, Baytqörğon – Parkent, Urganç xalqaro aeroporti – Xiva temir yöl tarmoqlari barpo etilgani, Navoiy – Buxoro uçastkasining ikkinçi elektrlaştirilgan liniyasi işga tuşirilgani, bir qator istiqbolli yönalişlarda esa quriliş işlari jadal davom ettirilayotganini qayd etiş lozim.
Şu bilan birga, Maroqand – Navoiy, Buxoro – Urganç – Xiva, Miskin – Nukus, Qumqörğon – Quduqli kabi muhim yönalişlarni elektrlaştiriş, temir yöl stansiyalarining ötkazuvçanlik imkoniyatlarini kengaytiriş orqali milliy logistika tizimi samaradorligi oşirilmoqda.
Ayniqsa, mamlakatimizni jahon transport yölaklari bilan yanada işonçli boğlaydigan “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli barpo qilinayotgani, qöşni Afğoniston bilan temir yöl infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça hamkorlik izçil davom ettirilayotgani Özbekistonning mintaqaviy transport va tranzit markazi sifatidagi örni tobora mustahkamlanayotganidan dalolat beradi”, deyiladi prezident tabrigida.
Tabrikda Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi tomonidan maxsus işlab çiqarilgan, yuqori tezlikdagi yangi “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdining Toşkent – Xiva – Toşkent yönalişi böyiça foydalanişga topşirilgani alohida e’tirof etilgan.
Temir yöl vokzallarini zamonaviy qiyofaga keltiriş, ularning muhandislik va servis infratuzilmasini tubdan yangilaş, tadbirkorlik uçun yanada keng imkoniyatlar yaratiş böyiça ham salmoqli işlar amalga oşirildi.













