AQŞ çegara xizmati rahbari Mark Morgan yangi ma'muriyati talabi bilan iste'foga çiqdi. Bu haqda Accociated Press agentligi xabar qilmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp çegaralarni qöriqlaş böyiça çoralarni kuçaytirişga doir farmonni imzolaganidan söng, bir kun ötgaç uşbu xabar paydo bölgan edi. Biroq, uning öz xohişi bilan işdan ketgani noma'lum qolayotgandi. Taxminlarga köra, çegaraçilar soni 5000 kişiga köpaytiriladi.
Agentlikka köra, Morgan xodimlari bilan ötkazgan qisqa videokonferensiyada, undan ketişni söraşganini aytgan. U xizmat rahbarligini saqlab qoliş uçun kuraşmaslikka qaror qilgan.
FQBning sobiq xodimi Mark Morgan 2016 yil oktabrida çegara xizmati rahbari bölgandi. Agentlik Morganning iste'fosini, Tramp saylovoldi kampaniyasi çoğida uni faol qöllab-quvvatlagan çegaraçilar kasaba uyuşmasi va Morgan örtasidagi kelişmovçilik bilan izohlamoqda. Xabarlarga köra, kasaba uyuşmasi yetakçilari, çegara xizmatiga ayni xizmat vakili rahbarlik qilişini xohlaşadi.












