Qirğiziston poytaxti Bişkek yaqinidagi Turkiyaga qaraşli Boeing 747-400 samolyoti halokatida qurbon bölganlar soni 43 kişiga yetdi, deyiladi Xalqaro aviatsiya qömitasi saytida.
Turkiya aviakompaniyasining Boeing 747-400 yuk samolyoti Bişkekdagi “Manas” xalqaro aeroporti uçiş-qöniş qismidan 1,5 km uzoqlikda falokatga uçragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qişloq ustiga tuşdi. Buning oqibatida 32ta uy vayron böldi. Layner Hongkong-Bişkek-Istanbul reysi böyiça parvozni amalga oşirayotgan bölgan.
“Voqea joyi Manas aeroporti hududida, Bişkek, Qirğiziston Respublikasi... Halok bölganlar: 43. Havo kemasi yaroqsiz holga kelgan”, - deyiladi havo transportidagi aviatsiya hodisalarini tekşiruvdan ötkaziş bölimida.












