Mumbaylik şifokor va uning jamoasi misrlik ayolning salomatligiga boğliq köplab muammolarni bartaraf etiş maqsadida dunyodagi eng murakkab operatsiyani ötkazişga qaror qildi. 

Hindistonlik laparoskopik jarroh Mufazzal Lakdavala ötgan haftada Iskandariyada yaşovçi 36 yoşli Eman Ahmadning uyiga taşrif buyurdi.

"Men uning oilasi Eman haqida qançalik qayğurayotganini körib, xursand böldim. Bu esa uni qöllab-quvvatlaş uçun juda ham zarurdir", - deydi bariatik va oşqozon-içak onkologiyasi jarrohligiga ixtisoslaşgan şifokor.

Emanning singlisi Şayma opasining ahvoli yomonlaşgani tufayli şifokor Lakdavala bilan ötgan yilning  oktabr oyida boğlangan. Şayma hindistonlik şifokor singlisiga bepul yordam berişni taklif qilganida qattiq ta'sirlanganini aytib ötdi. Sababi, uning oilasini bunday qimmat operatsiya uçun imkoniyati yöq edi. 

Eman 25 yildan beri öz uyidan çiqa olmaydi. Şifokor sözlariga köra, mazkur iş juda murakkab bölib, Eman oyoqqa turişi uçun uzoq yölni bosib ötişi kerak böladi. U endokrinolog, kardiolog, terapevt, diyetolog, anesteziolog, nevropatolog va nefrolog kabi şifokorlar körigidan ötişi zarur va qöyilgan har bir taşhis uning davolanişiga asos bölişi mumkin. 

"Eman juda oğir bemor sanaladi. U allaqaçon öng qöli va oyoği falaj bölib qolişi natijasida insultni boşdan ötkazgan. 2 toifali diabet, gipertoniya, oğir obstruktiv öpka kasalliklariga ega", - deydi Lakdavala. 

Şifokor Emanga yordam beriş uçun mablağ töplaş maqsadida maxsus kampaniyani boşladi. Ma'lum bölişiça, uning havo va yer transporti hamda dorilardan iborat tibbiy davolaş usuli qariyb 5 million rupiy atrofida. 

Ayni damda Çarn-rouddagi Saifee şifoxonasi qoşida operatsion va intensiv terapiyalar bölimini öz içiga olgan personalga xizmat qiluvçi bir yotoqli kasalxona qurilmoqda. Bu quriliş Emanni qöllab-quvvatlaş uçun amalga oşirilmoqda. 

Emanni yuk taşiş samolyotida şifoxonaga olib keliş közda tutilgan. 

Şifokor Lakdavala Mumbaydagi semizlikka qarşi kuraşiş va oşqozon jarrohligi markazining asosçisi hisoblanadi.  Şuningdek, Mumbaydagi Saifee va Dubaydagi MEDEOR şifoxonasi, Jarrohlik fanlari instituti va tadqiqot markazining raisi sanaladi.