Nozim Husanov Toşkent şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimiyati saytida ma'lumot berilgan.
Viloyat, şahar va tumanlar hokimiyatlari tuzilmasidagi yangi lavozim Özbekiston Prezidentining 22 dekabrdagi qarori bilan joriy etildi.
Nozim Husanov (1976 yilda Toşkent viloyati Zangiota tumanida tuğilgan) ötgan yilning bahor oylaridan boşlab Toşkent şahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiriş, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari bölib işlab kelgan.
U 2014-2016 yillarda “Mikrokreditbank” boşqaruvi raisi, 2013-2014 yillarda – Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boşqaruvi raisining birinçi örinbosari, 2011-2013 yillarda Özbekiston Markaziy banki raisi örinbosari, 2010-2011 yillarda – Markaziy bank Toşkent viloyati boş boşqarmasi rahbari bölib mehnat qilgan.
Toşkent avtomobil-yöllari instituti (1997) va Toşkent moliya instituti (sirtqi bölim, 2002) bitiruvçisi.








