Toşkent şahri hokimining tegişli qaroriga muvofiq, 9-noyabrdan boşlab ijtimoiy soha obyektlarida - maktab, boğça, şifoxona va boşqa muassasalarda isitiş tizimi işga tuşiriladi.
Köp kvartirali turar joy binolariga ham şu sanadan issiqlik beriş boşlanadi. Issiqlik taʼminotini ulaş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi kutilmoqda.
Qayd qilinişiça, isitiş uçun tölov issiqlik taʼminoti amalda ulangan kundan boşlab hisoblanadi. Ulaniş sanasi boşqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi.











