Barselona ma'muriyati şahar markazida sayyohlar oqimini çeklab qöydi, deb xabar bermoqda şahar kengaşi tomonidan qabul qilingan sayyohlik siyosatiga iqtibos keltirgan holda El Pais naşri.
Hujjatga köra, Barselona 4 hududga bölinadi.
Birinçi – tarixiy hududda mehmonxonalar soni qisqaradi. Ikkinçisida mehmonxonalar soni avvalgidek qoladi. Yana ikkita hudud yaratilib, bu yerda sayyohlarni joylaştiriş joylari köpayadi. Barselona rahbariyati yangi mehmonxonalarni şahar çetida qurişni taklif qilmoqda, ularni markazda quriş endilikda taqiqlanadi.
Bundan taşqari, şahar rahbariyati sayyohlarni joylaştirişga yangi litsenziyalarni berişni taqiqlab qöydi.
Şahar hokimiyatining bu qarorini şaharliklar ham, sayyohlik sohasi vakillari ham tanqid qilişdi. Ularning fikriça, bu taşabbus şahar iqtisodiyoti, yangi iş örinlari yaratiş siyosatiga zarar yetkazadi, investitsiyalarni qoçiradi va huquqiy mavhumlikni yaratadi. 2014 yil ma'lumotlariga köra, sayyohlik sohasi Barselona yalpi içki mahsulotining 12 foizini taşkil qilgan.
The Guardian naşrining ma'lum qilişiça, 2016 yilda Barselonaga kelgan sayyohlar soni 32 mln kişini taşkil qilgan.












