Prezident Donald Trampning muhojirlik nazoratini kuçaytiriş sohasidagi farmonlari AQŞga xavf tuğdirmaydigan kişilarga ham öz ta'sirini körsatişi mumkin. Bu haqda Amerikaning Facebook kompaniyasi asosçisi Mark Tsukerberg ma'lum qildi. U şuningdek farmonlar “muhojirlar millati sifatida qaror topgan davlat asoslariga qattiq zarba berişi mumkin” degan.

“Men ham köpçilik singari prezident Tramp tomonidan imzolangan farmonlar oqibatidan taşvişga tuşmoqdaman”, - deya ta'kidlab ötdi Tsukerberg özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. U özining ajdodlari Germaniya, Avstriya va Polşada tuğilganini, rafiqasi Pristsilla Çanning ota-onasi esa Xitoy va Vetnamlik qoçqinlar ekanini ham eslatib ötgan.

“Biz bu mamlakatni asraşimiz lozim. Biroq bor e'tiborni xavf tuğdirayotgan kişilarga qaratiş lozim. Huquqni muhofaza qiliş organlari e'tiborini haqiqiy tahdid uyğotuvçi kişilardan taşqari, boşqa insonlarga ham qaratiş, Amerikani xavfsizroq joyga aylantirmaydi. U öziga ortiqça resurslarni jalb etib, millionlab oddiy yigitlarni çiqarib yuboriş xavfi ostida hujjatlarsiz yaşaşga majbur qiladi”, - deya aniqlik kiritdi Tsukerberg.

Uning fikriça, AQŞ hukumati “öz eşiklarini qoçqinlar va yordamga muhtoj kişilarga oçib qöyişi kerak”. “Şunday bölganmiz va bölamiz. Agarda biz bir neça ön yillar avval qoçqinlarni kiritmaganimizda, Pristsillaning oilasi ham hozir bu yerda bölmas edi”, - deb qöşimça qildi Facebook asosçisi. U prezident Tramp aql bilan iş yuritişi va “AQŞga juda ham iste'dodli kişilar”ni kiritib kelişiga tösiq qöymasligidan umidvor ekanini bildirgan.

Davlat rahbari sönggi kunlar davomida muhojirlik siyosatini kuçaytiruvçi uçta farmonga imzo çekdi. Tramp 27 yanvar, juma kuni AQŞda qoçqinlarni joylaştirişni 120 kunga töxtatib turiş haqidagi farmonga qöl qöydi. Bu muddat yakuniga yetganda esa mamlakatga 50 mingdan ortiq qoçqin kiritilmaydi.

Ma'lumot uçun, Facebook – dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri bölib, Tsukerberg va uning Harvard universiteti böyiça uç kursdoşi tomonidan 2004 yilning 4 fevral kuni taşkil etilgan. Ijtimoiy tarmoqqa bir oyda butun dunyo böylab 1,71 milliard foydalanuvçi taşrif buyuradi.