Yaponiyalik suzuvçi Ippey Vatanabe 200 metr masofaga brass usulida suzişda Tokiodagi musobaqada 50 metrlik suv havzasida jahon rekordini yangiladi. Bu haqda 29 yanvarda "R-Sport" naşri xabar bermoqda.
19 yoşli Vatanabe belgilangan masofani 2 daqiqa 6,67 soniyada suzib ötib, bu masofani 2 daqiqa 7 soniyadan tezroq suzib ötgan birinçi sportçi böldi. Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada yaponiyalik uşbu masofani yarim finalda 2:07,22 daqiqada suzib ötib, Olimpiada rekordini örnatgandi. Biroq finalda 6-örinni egallagan.
Avvalgi rekord (2.07,01) ham yaponiyalik sportçi Akixiro Yamaguçiga tegişli bölgan va 2012 yil sentabrda örnatilgan.
2014 yilda Vatanabe Xitoydagi ösmirlar Olimpiada öyinlarida oltin medal qölga kiritgandi.












