Professor Tiharu Nişiyama rahbarligi ostida Tokio universiteti tadqiqotçilari oziq-ovqat allergiyasi belgilarini kamaytiriş va immun tizimining bunga qarşi javobini tartibga solişga qodir moddani aniqladi. Tadqiqot natijalari Allergy jurnalida çop etilgan.

Gap kempferol deb nomlanuvçi tabiiy flavonoid haqida bormoqda — bu modda ismaloq, brokkoli, loviya, qizil pöstli olma, kök çoy va karam kabi mahsulotlarda mavjud. Siçqonlarda ötkazilgan tajribalar davomida kempferol oziq-ovqatlarga, xususan, tuxum oqiga nisbatan allergik reaksiyani sezilarli darajada kamaytirişi aniqlangan.

Tadqiqotçilarning aniqlaşiça, kempferol RALDH2 fermentining işlab çiqarilişini kuçaytiradi. Bu ferment immun tizimining javob reaksiyasi şakllanişida muhim rol öynaydi: u içak hujayralariga yalliğlanişni kamaytirişda va immun tizimining haddan taşqari faolligini bostirişda yordam beradi. Aynan şu ortiqça faollik allergik va autoimmun kasalliklar asosi bölib hisoblanadi.

Kempferol qabul qilgan siçqonlarda tana harorati pasaygan, diareya töxtagan va allergenga sezuvçanlik susaygan. Professor Nişiyamaning sözlariga köra, kempferolga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qiliş nafaqat allergiya belgilari yengillaşişiga, balki autoimmun kasalliklar holatini yaxşilaşga ham ijobiy ta’sir körsatişi mumkin.

Garçi tadqiqot hayvonlar ustida ötkazilgan bölsa-da, olimlar bu mexanizm inson organizmida ham işlaşi mumkin, degan fikrda. Yaqin kelajakda ular kempferolning insonlardagi allergiyaga qarşi samaradorligini aniqlaş uçun klinik sinovlar ötkazişni rejalaştirmoqda.