Rasmiy Tehron ma'muriyati AQŞ prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmoniga javoban amerikaliklarga viza berişni töxtatadi. Tramp yetti musulmon mamlakat, xususan, Eron fuqarolariga viza beriş va mamlakatga kirişni vaqtinça taqiqlagan edi. Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif fransiyalik hamkasbi Jan Mark Eyro bilan ötkazgan qöşma matbuot anjumanida şunday bayonot bergan.
Biroq, uning sözlariga köra, bu qoidalarga istisno kiritilişi mumkin. "Agar şunday bölsa, dastlab Eron TIV körib çiqadi, söngra qaror qabul qilinadi", — deb qöşimça qilgan vazir.
Ötgan haftada Donald Tramp qoçqinlar kirişini 120 kunga, suriyalik qoçqinlarni noma'lum muddatga kiritişni taqiqlaş hamda AQŞga kiriş tartib-qoidalarini özgartiriş töğrisidagi farmonini imzolagan edi. Unga muvofiq, Suriya, Eron, Iroq, Yaman, Sudan, Somali va Liviya mamlakatlari fuqarolari 90 kun muddatga Qöşma Ştatlarga kira olişmaydi.
Trampning migratsiya farmoni AQŞ hamda jahon hamjamiyatida turli qaraşlarga sabab böldi. Xususan, AQŞ Demokratik partiyasining senatdagi a'zolari farmon ijrosini töxtatişga imkon beruvçi qonun loyihasini körib çiqişga kiritişni rejalaştirgan. Amerik ştatlarining 15 nafar boş prokurorlari farmonni "noqonuniy" deb baholagan edi.












