Şveytsariya taşqi işlar vazirligi Iroq, Eron, Suriya, Liviya, Sudan, Somali va Yaman fuqaroligiga ega şveysariyaliklar AQŞga kiriş uçun amaldagi vizalari mavjud bölsa, bu mamlakatga muammosiz kira oladilar, deb ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Ikkita fuqaroligi bor hamda Iroq, Eron, Suriya, Liviya, Sudan, Somali va Yaman fuqarolari bölgan şveysariyaliklarga ularning Şveytsariya pasportlarida amaldagi AQŞ vizasi bölsa, yana AQŞga boriş ruxsat etiladi va bu qaror zudlik bilan kuçga kiradi", deyilgan xabarda.