Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni ta'minlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari dasturi amalga oşirilişi doirasida 2016 yil mobaynida qonunçilik va me'yoriy-huquqiy baza taşkil etiş hamda uni takomillaştiriş işlari davom ettirildi, deb xabar berdi Özbekiston Iqtisodiyot vazirligi. 

Xususan, qurilişning barça bosqiçlarida tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat beriş tartib-taomillari doirasida yagona qoida va talablar belgilandi, bino va inşootlar taşqi körinişini özgartiriş, obektlarni qayta ixtisoslaştiriş va rekonstruksiya qilişga, şuningdek, turar joylarni noturar joylar toifasiga ötkazişga ruxsat beriş talablari joriy etildi. 

Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va kiçik korxonalar taşkil etiş maqsadida 2016 yil mobaynida kiçik biznes sub'yektlariga 15,9 trillion sömlik kreditlar ajratildi va ösiş 2015 yilga nisbatan 1,3 barobarni taşkil qildi. 

Jumladan, qiymati 3,3 trillion sömlik mikrokreditlar ajratildi, xalqaro moliya institutlarining 206,7 million dollar miqdoridagi kredit liniyalari özlaştirildi. 

2016 yil mobaynida «Ye-ijro» idoralararo elektron hamkorlik tizimini faol joriy etiş asosida tadbirkorlik sub'yektlariga «Yagona darça» markazlari orqali 100 mingdan ziyod davlat xizmatlari körsatildi. 127 mingdan ziyod firma nomlariga Internet orqali buyurtma berildi. 

Qulay işbilarmonlik muhitini şakllantiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda yanada rağbatlantiriş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar 2016 yil mobaynida qariyb 32 ming yangi kiçik biznes sub'yekti taşkil etiş imkonini berdi. 

Natijada, 2016 yil yakuni bilan yalpi içki mahsulotda kiçik biznes uluşi 56,9 foiz (2015 yilda bu körsatkiç 56,5 foiz bölgan), sanoatda 45 foiz (40,6 foiz), investitsiyalarda 40,3 foiz (36,3 foiz), qurilişda 70,7 foiz (68,4 foiz), çakana savdo aylanmasida 89,6 foiz (87,1 foiz) va bandlikda 78,1 foiz (77,9 foiz) oşdi.