Freedom House Xalqaro huquqni muhofaza qiliş taşkiloti "Erkinlik dunyo miqyosida 2017" (Freedom in the World 2017) yillik hisobotini taqdim etdi. 

Unga köra, Özbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng past natijani qayd etgan (3 ball). Umumiy röyxatda esa dunyo böyiça 4-örinni egallagan.

Erkinlik darajasi eng past davlatlar röyxati: 

Siyosiy huquq va fuqaro erkinligi masalalari böyiça eng yaxşi şaroit Finlyandiya, Norvegiya, Şvetsiya, Kanada va Niderlandiyada qayd etilgan. 

Freedom House ekspertlari bu yilgi röyxatdan şunday xulosaga kelişgan: butun dunyoda siyosiy va fuqaro erkinlik darajasi mana ön yildirki, ketma-ket pasayib bormoqda. 
 
Reyting 195 mamlakatni öz içiga olgan. Barça davlatlar şartli ravişda siyosiy va fuqarolik huquqlarini ta'minlaş tamoyiliga köra, uç guruhga ajratilgan: erkin, qisman erkin va erkin bölmagan davlatlar. 
 
Erkinlik darajasi 100 balli şkala böyiça baholanadi, ya'ni 100 - eng baland körsatkiç, 0 - eng past körsatkiç.