Özbekiston Respublikasining 2016 yil 27 dekabrdagi «Soliq va byudjyet siyosatining 2017 yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi ÖRQ-417-sonli (keyingi örinlarda – Qonun) Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlari va Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Davlat soliq qömitasining Jismoniy şaxslarga soliq soliş boş boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi Uluğbek Abdullayev ma'lum qilgan.
Soliq qarzi böyiça
Uşbu özgartiriş va qöşimçalarga muvofiq, jismoniy şaxslar uçun belgilangan soliqlar böyiça ham bir qator özgarişlar kiritildi. Jumladan, Qonunning 3-bandi bilan Soliq kodeksining 59- va 61-moddalariga kiritilgan özgartirişlarga asosan, soliq qarzi tölov muddati ötgan paytdan bir yil mobaynida undirilmagan bölsa, soliq qarzi böyiça undiruvni mol-mulkka qaratiş uçun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bölgan hollarda ham majburiy undiriş çoralari qöllanilişi belgilab qöyildi.
Şuningdek, uşbu Qonunning 16-bandi bilan Soliq kodeksining 291-moddasiga qöşimça («yaşaş uçun möljallanmagan joylar egallagan yer uçastkalari uçun» tarzida) kiritilganligi hamda uşbu Kodeksning 290-moddasida körsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmasligidan kelib çiqib, Soliq kodeksning 282-moddasi ikkinçi qismidagi yuridik şaxslar uçun belgilangan imtiyozlarning jismoniy şaxslarga nisbatan tatbiq etilişi bekor qilindi.
Kasb-hunar kolleji bitiruvçilari uçun
Bundan taşqari, mazkur Qonunning 26-bandiga asosan Soliq kodeksining 375-moddasiga özgartiriş kiritilib, unga muvofiq, kasb-hunar kolleji bitiruvçisi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat röyxatidan ötgan paytdan boşlab ön ikki oy içida faoliyatini tugatgan yoki uç va undan köp oyga töxtatgan taqdirda, qat'iy belgilangan soliq faoliyati amalga oşirilgan butun davr uçun tölanişi belgilandi.
Mol-mulkka solinadigan soliq böyiça
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «Özbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari töğrisida»gi PQ-2699-sonli qarorining 19-ilovasiga asosan, jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,7 foiz (2016 yilda 1,5 foiz bölgan) miqdorida belgilandi.
2017 yilda jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq böyiça alohida stavkalar şaharlarda joylaşgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgaça bölgan turar joy va kvartiralarga 1,8 foizdan 2,1 foizgaça, maydoni 500 kv.metrdan ortiq bölgan turar joy va kvartiralar uçun esa 2,5 dan 2,9 foizga oşirildi.
Bundan taşqari, 2017 yilning 1 yanvaridan boşlab boşqa aholi punktlarida joylaşgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan ortiq bölgan turar joy va kvartiralar uçun jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari – 2,1 foiz (2016 yilda 1,8 foiz) miqdorida belgilandi.
Şuningdek, jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq kadastr hujjatlaridagi inventarizatsiya qiymatidan, lekin 3 mln.sömdan kam bölmagan miqdordan kelib çiqib hisoblanadi.
Jismoniy şaxslar mol-mulkini baholaş organlari tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati bölmaganda, soliqni undiriş uçun Toşkent şahri va viloyat markazlarida 20328,0 ming söm miqdorida, boşqa şaharlar va qişloq joylarda esa 8833,0 ming söm miqdorida mol-mulkning şartli qiymati qabul qilindi.
Köçmas mulkka bölgan huquqni röyxatga oluvçi organlarda belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilmagan yangi qurilgan turar joylar böyiça jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning şartli qiymatidan kelib çiqib ikki baravar miqdorida undiriladi.
Suv resurslaridan foydalaniş böyiça
Mazkur qarorning 14-ilovasiga muvofiq, Suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari tasdiqlanib, unga köra dehqon xöjaliklari (yuridik va jismoniy şaxslar), şuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy şaxslar uçun 1 kub.metr yer usti suv manbalari uçun 85,4 söm va yer osti suv manbalari uçun 108,5 söm miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq tölaşlari belgilandi.
2017 yilda resurslardan oqilona va samarali foydalaniş maqsadida jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliği stavkasi 1,15 baravarga indeksatsiya qilindi.
Yer soliği böyiça
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori 20-ilovasining 7- va 8-jadvallarida hamda uşbu ilovaga berilgan izohning 1- va 2-bandlarida keltirilgan stavkalarga yer uçastkalari joylaşgan joyiga va yer sifatiga boğliq holda tegişliligi böyiça koeffitsiyentlar qöllanilişi belgilangan.
Uşbu koeffitsiyentlar yer uçastkalariga bölgan huquqni davlat röyxatidan ötkazişni amalga oşiruvçi organ tomonidan tegişli davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladigan ma'lumotlar asosida qöllanilişi belgilab qöyildi.
Şuningdek, köp kvartirali uylarda joylaşgan yaşaş uçun möljallanmagan joylarga jismoniy şaxslarga yer soliği yer maydonini qavatlar soniga bölgan holda hisoblab çiqarilişi belgilandi.
Şuningdek, mol-mulkini ijaraga beruvçi jismoniy şaxslar uçun belgilangan ijara tölovining eng kam stavkalari ötgan yilga nisbatan 1,5 baravarga indeksatsiya qilindi.











