Dekabr oyida Donald Tramp AQŞ prezidenti etib saylanganidan keyin xomaşyoning birja baholari ösdi, zero u tomondan va'da qilingan infratuzilma rivoji xom aşyo bozorida, jumladan qörğoşin, palladiy va misga talabning haddan ziyod ösişiga olib keldi. InsiderPro şu haqida ma'lumot taqdim etdi. 

Yanvar oyida tovarlarning yuqorida qayd etilgan turlari keskin qimmatlaşdi, neft va boşqa energiya uzatuvçilar esa Trampning burğulaşga çeklovni kamaytirişga doir va'dasi fonida arzonlaşdi. Şunday bölgan taqdirda, şundoq ham tölib bölgan bozorga tovar yetkazişning oşişini kutiş mumkin.

Tayler Riçi, The 7:00's Report hammuharriri şunday deydi: 

"Narxlarning har tomonga harakatlanişi - metall narxining ösişi va energiya uzatuvçilar bahosining pasayişi şunga olib keldiki, xom aşyo indeksi oy oxiriga borib, deyarli avvalgi körsatkiç darajasida qoldi". 

31 yanvar holatiga köra, 22 xom aşyo fyuçers şartnomalarini kuzatuvçi Bloomberg Commodity indeksi yil boşidan atigi 0,1 foiz töplagan - u sekinlik bilan bölsa-da, uç oy ketma-ket ösib bormoqda. 

23 xom aşyo fyuçers şartnomalarini kuzatuvçi Dow Jones Commodity xom aşyo indeksi esa bir oy içida 0,1 foizdan köproqqa pasaydi. 

S&P Dow Jones Indices'ning xom aşyo tovarlari va köçmas mulk bölimi rahbari Jodi Ganzberg şunday deydi: 

"Hozirça xom aşyo bozoridagi özgarişlarni Trampga boğlaş qiyin çunki u 20 yanvardagina lavozimga kirişdi, biroq aftidan, neft bahosiga ta'sir ötkazuvçi fundamental omillar qazib oliş hajmiga boğliq körinadi".

FactSet ma'lumotlariga köra, yanvar oyida xom aşyo tovarlari orasida eng katta ösiş körsatkiçlari qörğoşin fyuçetrslari böyiça qayd qilingan. 

Ganzbergning sözlariga köra, qörğoşin odatda "zaif dollar tufayli hammasidan köp qimmatlaşadi". Uning ta'kidlaşiça, yanvarda qörğoşin indeksi 16 foizdan köproqqa oşdi - 2010 yilning iyulidan buyon bunday oylik ösiş kuzatilmagan edi. 

FactSet ma'lumotlariga köra, yanvar oxiriga borib, platina va palladiy fyuçerslari ham 10 foizdan köproqqa qimmatlaşgan, mis esa - deyarli 9 foizga. Oltin fyuçerslari 5 foizdan köproqqa kötarildi - bu iyun oyidan buyon eng katta oylik körsatkiç, kumuş esa sentabrdan beri birinçi marta deyarli 10 foizga yaqin ösgan.

Riçining sözlariga köra, siyosiy fon sanoat xom aşyosi uçun ijobiyligiça qolmoqda.

Qimmatbaho metallar, xususan oltin, Trampning xatti-harakatlari ta'siri ostidagi dollar va boşqa aktivlarga nisbatan yuqori darajadagi korrelyatsiyada savdo qilinmoqda, deydi Riçi. Dollarning 6 valyutaga nisbatan qiymatini körsatib beruvçi ICE U.S. Dollar indeksi bir oyda 2,6 foizga pasaygan. Oltin narxi dollarda belgilanadi, demakki, u boşqa valyuta egalari uçun arzonlaşgan. 

Sanoat xom aşyosi uçun iqtisodiy faollik va infratuzilma xarajatlarining ösişi trendning yuksalişiga olib keladi. Bu energiya uzatuvçilar va neft mahsulotlariga bölgan sörovga ham tegişli. 

Şunga qaramay, sönggi oy içida tabiiy gazning fyuçers narxlari taxminan 16 foizga pasaydi, West Texas Intermediate nefti esa - deyarli 25 foizga. 

Libertas Wealth Management Group prezidenti Adam Koosning sözlariga köra, neft narxlari yönalişini oldindan aytiş qiyin, zero bu Trampning taxmin ham qilib bölmaydigan xatti-harakatlariga boğliq.