Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Moskvaga mart oyining birinçi yarmida rasmiy taşrif bilan keladi. Bu haqda Rossiyadagi elçi Husayn Diryoz «Interfaks»ga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Prezident Rajab Toyyib Erdöğanning Moskvaga taşrifi martning birinçi yarmida amalga oşirilişi kutilmoqda. Taşrif davomida uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan sönggi yarim yil davomidagi törtinçi uçraşuvi bölib ötadi», - dedi diplomat.
Uning sözlariga köra, Putin bilan muloqot davomida Rossiya-Turkiya munosabatlarini yaxşilaş böyiça masalalar muhokama etiladi. Şuningdek, boşqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik haqida töxtalib ötilişi mumkin.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya yetakçisi Toyyib Erdöğan Moskvaga mart boşida taşrif buyurişni rejalaştirayotganini tasdiqlagandi. U Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan oliy darajadagi Rossiya-Turkiya hamkorlik kengaşi yiğilişini ötkazadi.












