Avval xabar qilinganidek, 2017 yil 3 fevral kuni soat 09:40 da A-373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölining “Qamçiq” dovoni 233 km.da hajmi 1000 m3 gaça, soat 10:30 da 243 km.da hajmi 250 m3 gaça qor köçkisi sodir bölganligi sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati töxtatilgan.
2017 yil 4 fevral kuni FVV, MV, IIV YHXBB, “Özgidromet” markazi va “Özavtoyöl” AJ kuç va vositalari tomonidan “Qamçiq” dovonining xavfli qiyaliklaridagi qor qatlamlari tuşirilib, avtomobil yöli qor köçkilaridan tozalandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“Özgidromet” markazining 2017 yil 4 fevral kunidagi qor köçkisi töğrisidagi № 97 sonli byulleteniga asosan, “Toşkent-Öş” avtomobil yöli “Qamçiq” dovonida joriy yilning 4 fevral kuni soat 12:00 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yölga qöyilgan.












