19-sentabr kuni soat 9:55 larda "Namangan" YPX maskanida YHXXning Qamçiq dovoni böyiça YPX otryadi xodimlari tomonidan "Vodiy–Toşkent" yönalişida harakatlanib kelgan "Nexia-2" rusumli avtomobil töxtatilgan.

Tekşiruv davomida avtomobilda yölovçi sifatida bölgan N.U.ning xatti-harakatlari xodimlarda şubha uyğotgan.

Xolis va guvohlar iştirokida ötkazilgan tekşiruv natijasida uning oğiz böşliğida sellofanga öralgan, jigarrang, ötkir hidli “gaşiş” giyohvandlik moddasiga hamda oq rangli kukunsimon “mefedron” moddasiga öxşaş vositalar borligi aniqlangan.

Aniqlangan moddalar hamda avtomobilda bölgan fuqarolar Pop tumani IIBga topşirilgan.