21 iyul kuni soat 04:30 atrofida A-373 avtomobil yölining Qamçiq dovonidan ötgan qismida, Toşkent–Vodiy yönalişida harakatlanayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobili haydovçisi boşqaruvni yöqotişi oqibatida maşina yölning xandaq qismiga tuşib ketdi.
Hodisa haqidagi xabar «Qamçiq» maxsus qutqaruv boşqarmasiga kelib tuşgaç, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi.
Qutqaruvçilar maxsus texnikalar yordamida yuk avtomobilini xandaqdan çiqarib, xavfsiz hududga olib ötdi.
FVV ma’lum qilişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.









