Toşkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida “Ğarbiy Tyan-Şan” (Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston)ning Transmilliy seriyalar nominatsiyasi böyiça YuNeSKOning Butunjahon madaniy va tabiiy meros röyxatiga kiritilganligi, Navröz bayrami hamda palov milliy taomining nomoddiy madaniy meros sifatida YuNeSKOning Reprezentativ röyxatidan takror joy olgani munosabati bilan sertifikat topşiriş marosimi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Tadbir Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi va YuNeSKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan taşkil etildi. Unda vazirliklar, Toşkent viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Ugom-Çotqol Davlat milliy tabiat boği ma'muriyati, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Marosimda Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi B.Abdusamatov, YuNeSKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi mas'ul kotibi A.Ikromov va boşqalar mamlakatimizning boy moddiy va nomoddiy merosi, uning jahon sivilizatsiyasiga qöşgan hissasini alohida ta'kidladi.
Özbekiston yaqin kelajakda Sarmişsoydagi toş bitiklar, Şohimardon, Zomin, Hisor toğlari va Boysun qöriqxonasini Butunjahon madaniy va tabiiy meros röyxatiga kiritişni ham rejalaştirgan.
Tadbir davomida “Ğarbiy Tyan-Şan”, “Navröz”, “Palov an'anasi” kabi hujjatli filmlar namoyiş etildi.
Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasiga YuNeSKOning maxsus sertifikati topşirildi.










