Koreya Respublikasining Pusan şahrida YuNeSKO Butunjahon merosi qömitasining 48-sessiyasi bölib ötmoqda. Sessiya doirasida 1972 yilgi Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qiliş töğrisidagi Konvensiya iştirokçi davlatlari ob’yektlarni YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritiş böyiça nominatsiyalarni körib çiqmoqda hamda butunjahon merosi ob’yektlarini saqlaş masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilmoqda.

Qömita qaroriga köra, Özbekiston Respublikasining «Toşkent modernistik arxitekturasi. Markaziy Osiyoning zamonaviyligi va an’analari» milliy nominatsiyasi YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritildi.

Bu Özbekistonning sönggi 25 yil içida Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan birinçi milliy nominatsiyasi, mamlakatning YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatidagi oltinçi madaniy ob’yekti, şuningdek, Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarida uşbu maqomga ega bölgan XX asr modernistik arxitekturasining ilk ob’yekti hisoblanadi.

Nominatsiya XX asrning ikkinçi yarmida, asosan 1966 yilgi zilziladan keyin şakllangan Toşkentning arxitektura merosiga bağişlangan. U modernistik arxitektura tamoyillari, Markaziy Osiyo me’morçiligi an’analari va mahalliy iqlim xususiyatlarining öziga xos uyğunligini aks ettiruvçi önta muhim ob’yektni birlaştiradi.

Nominatsiyadan «Jyemçug» turarjoy binosi, Özbekiston tarixi davlat muzeyi, Xalqlar döstligi saroyi, Özbekiston davlat san’at muzeyi, Davlat tsirki, Özbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy körgazmalar zali, Alişer Navoiy nomidagi kinoteatr, «Çorsu» bozori, «Kosmonavtlar» metro stansiyasi va Katta quyoş peçi («Quyoş» geliokompleksi) örin olgan.
Nominatsiyaning YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilişi Özbekistonning arxitektura merosi xalqaro miqyosda e’tirof etilganini tasdiqlaydi hamda uni kelgusida asrab-avaylaş, örganiş va xalqaro darajada ommalaştirişga xizmat qiladi.


















