“Bugun Pusan şahrida ötkazilayotgan YuNeSKO Umumjahon merosi qömitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uçun juda muhim voqea röy berdi.
Toşkentning modernizm me’morçiligi ob’yektlari uşbu taşkilotning nufuzli Xalqaro röyxatiga rasman kiritildi. Ta’kidlaş joizki, sönggi 25 yilda Özbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor şunday yuksak maqomga sazovor böldi”, deb yozdi u öz Telegram-kanalida.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlaşiça, bu faqatgina bir neçta binoning emas, zilziladan keyingi Toşkentning qayta bunyod etilişi bilan boğliq butun bir davrning e’tirofidir.
«Öşa yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va öziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan.
Özbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi ğalabasi – boy me’moriy merosimizni asrab-avaylaş, kelajak avlodga bezavol yetkaziş yölidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bölsin!”, deya tilak bildirgan Prezident Administratsiyasi rahbari.
Nominatsiyadan «Jyemçug» turarjoy binosi, Özbekiston tarixi davlat muzeyi, Xalqlar döstligi saroyi, Özbekiston davlat san’at muzeyi, Davlat tsirki, Özbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy körgazmalar zali, Alişer Navoiy nomidagi kinoteatr, «Çorsu» bozori, «Kosmonavtlar» metro stansiyasi va Katta quyoş peçi («Quyoş» geliokompleksi) örin olgan.













