Donald Tramp 20 yanvarda prezidentlik lavozimini bajarişga kirişgandan beri uning nomi AQŞning 17 ştatida AQŞ hukumatining harakatlariga qarşi qözğatilgan 52 ta da'vo arizalarida esga olindi. NBC telekompaniyasi şu munosabat bilan "Tramp ma'muriyati hokimiyat tepasida bir neça kungina bölişiga qaramay, da'volarning hayratlanarli darajada köpligini" ta'kidlab ötgan. Telekompaniya taqqoslaş uçun Obama prezidentlikka kirişganining ilk ikki haftasida uçta şikoyatda, Kiçik Jorj Buş va Bill Klinton esa 2 ta şikoyatda eslab ötilganini ma'lum qildi. 

Tramp eslatib ötilgan da'volar AQŞ migratsiya tartibining qat'iylaştiriş siyosati sababli qözğatilgan. Ötgan haftada Tramp musulmon davlatlar fuqarolari manfaatlariga putur yetkazuvçi bir qator farmonlarni imzolagandi.

"Fuqarolik huquqlari harakati faollari va musulmon taşkilotlari vakillari bu farmonlarga bir qator sud da'volari bilan javob berişdi. Nyu-York, Massaçusets va Virjiniya ştatlari boş prokurorlari bu farmonlarga qarşi çiqayotganlarga qöşildilar. Da'volar, şuningdek, Vaşington va Minnesota ştatlarida topşirilgan. Bu da'volardan har birida farmonlar diniy erkinlik huquqini buzişi ta'kidlangan", deb aytilgan telekompaniyada.

Trampga qarşi San-Frantsisko şahri hukumati ham da'vo arizasi berdi, ular Tramp ma'muriyatining, agar immigratsiya böyiça farmonlar talablari bajarilmasa, şaharga ajratiladigan mablağlarni qisqartiriş rejasiga qarşi çiqmoqdalar. San-Frantsisko prokurori bu farmonlarni "aksilamerikaça" deb atagan. Kaliforniya ştati prokurori Ksaver Beserra esa Meksika çegarasida devor qurilişini qonuniy usullar bilan töxtatiş uçun qölidan kelgan barça işni qilişini aytgan.