Niagara, Iguasu, Viktoriya şarşarasi. Bular sayyoramizdagi eng ğaroyib maskanlardan bölsa kerak. Sayohat vaqtini oldindan rejalaştirilmasa, ularni köp sonli sayyohlar orasidan suratga oliş qiyin keçadi.

Kiçik şarşaralar ham unutilmas taassurotlar qoldiradi, ayniqsa tumanli jungli, ulkan qoyalar va kakofoniya tovuşlari tabiatning ajoyib mö'jizasi ekaniga işonç hosil qilasiz. Bloomberg u qadar maşhur bölmagan, lekin diqqatga sazovor şarşaralar haqida maqola taqdim etdi.

 

Ekvadorning tropik örmonida jami 19 şarşara mavjud

Ekvadorning tuman bilan qoplangan tropik örmonida şarşaralar köp. Mahalliy kurortlardan birining gidlari 19 suv oqimidan iborat kaskadni aniqlaşdi. Bu yerda har kuni olti kişidan iborat guruhlar ekskursiya qiladi. Barça şarşaralar orasida eng betakrori Magnoliya bölsa kerak, zero aynan şu yerda "tabiiy jakuzi" joylaşgan.

 

Sumba orolining sirli şarşaralari, Indoneziya

Sumba — oddiy sayyohlar kamdan-kam hollarda boradigan Indoneziyadagi orollardan biri. Şarşaralar Va­nu­ka­ka vodiysidan 45 daqiqalik yölda, orolning janubiy qirğoğida joylaşgan. Sayohatdan keyin asosiy manzil - 300 metrlik qoyalar kaskadigaça bir yarim soatlik yöl bosib ötişga töğri keladi, bu qoyalardan tuşuvçi şarşaralar köm-kök körfazga quyiladi.

 

Kauai orolining Yura şarşaralari, Havayi

Ğalati nom, şunday emasmi? Biroq original nomini talaffuz qiliş qiyin — Ma­na­va­io­pu­na. Sayyohlarga qulaylik tuğdiriş uçun şarşaralar nomi Stiven Spilbergning maşhur filmi şarafiga soddalaştirilgan. Bu şarşaralarni aynan uning filmi tanitgan. Yaqin vaqtgaça Yura şarşaralarini Kauai toğining yuqori çöqqilarida joylaşgani uçun ularni körişning mutlaqo iloji yöq edi. Endi esa u yerga vertolyotlarda çiqiş mumkin. Gidlar sizlarni 120 metrli şarşaralarning asosiga olib borişadi va qayerdan betakror suratlarni muhrlaş mumkinligini körsatişadi.

 

Orxon şarşarasi, Möğuliston

Möğuliston çöllari böylab otda kezib, bu yerda şarşara bölişi mumkinligini tasavvur qiliş qiyin. Qişda esa yanada noyob manzaraga guvoh böliş mumkin, çunki Möğuliston qorli mö'jizalar ölkasiga aylanadi, olti metrli Orxon esa muzlaydi. Biroq u aynan şu körinişda betakror manzara kasb etadi.

 

Balining "sirli" şarşaralari

Balining köplab kurortlarida u qadar maşhur bölmagan şarşaralar talaygina. Gidlarga murojaat qiling, ular sizni "sirli" röyxat bilan taniştirişadi. Ba'zan bu şarşaralarga yetiş uçun jungli böylab piyoda yurişga töğri keladi, şuning uçun yaxşisi mahalliy kuzatuvçilardan birining xizmatlaridan foydalanganingiz ma'qul.

 

Machu-Pikçu şarşaralari, Peru

Inklarning sirli şaharlari yonida kam tanilgan ikki şarşara mavjud. Birinçi, nomsiz kaskad piyoda yöl oxirida (Inkaterra Machu Picchu Pueblo mehmonxonasi oldida), Aguas­ka­len­te­sda joylaşgan. Gidlar sayyohlarni sirli yöl böylab olib borişadi va yöl-yölakay inklargaça bölgan davr petrogliflarini körsatişadi. Mehmonxona va Ma­çi-Pik­çu örtasidagi yölning yarmida ikkinçi şarşara - Man­dor joylaşgan. Ma­çi-Pik­çuga sayohat bir neça soat davom etadi, unda sizlarga rang-barang tötiquşlar, yaşil soykalar va sözamol gidlar hamrohlik qiladi.

 

Xellemobotn şarşarasi, Norvegiya

Eng maşhur şarşaralar balandligi bilan ajralib turadi, bunisi esa Norvegiyaning eng çekka şimolida joylaşgan bölib, özining gorizontalligi bilan diqqatga sazovordir. Yaqinda gidlar şarşara asosiga töğridan-töğri olib boruvçi tikka yölni topişdi. Şunday ekan, endi bu "qaynoq" suv oqimlarini yaqindan kuzatiş imkoni mavjud.

 

Piknik şarşarasi, Tailand

Şarşara ostida piknik uyuştiriş - tavakkalga asoslangan ğoya. Biroq Tailandning odam kam yaşovçi Ko Kud orolida joylaşgan haşamatli kurortlardan biri mehmonlarga ajoyib tungi uçraşuv ötkazişni taklif qiladi. Kiçik kaskad oldida ikki kişi uçun romantik uçraşuvga buyurtma beriş mumkin, şarşara tomçilari bu yerda keçki  taomdan bahramand bölişga xalaqit bermaydi.