Turizm qömitasi bayram kunlarida aholining Özbekiston böylab sayohat qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş va içki turizmni rağbatlantiriş maqsadida qöşimça transport qatnovlarini taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilganini maʼlum qildi.
Temiryöl transportida «Toşkent–Xiva–Toşkent», «Toşkent–Qönğirot–Toşkent», «Toşkent–Şovot–Toşkent», «Toşkent–Termiz–Toşkent» va «Toşkent–Sariosiyo–Toşkent» yönalişlaridagi poyezdlarga 4 tagaça qöşimça vagon ulanadi.
Bundan taşqari, «Toşkent–Samarqand–Toşkent», «Toşkent–Buxoro–Toşkent» va «Toşkent–Urganç–Toşkent» yönalişlarida yuqori tezlikda harakatlanuvçi elektropoyezdlarning qöşimça qatnovlari taşkil etiladi.
Uşbu qöşimça poyezdlar bayramdan ikki kun oldin qatnay boşlaydi va bayramdan keyingi ikki kun davomida ham harakatlanadi.
Avtomobil transportida esa barça viloyatlararo yönalişlarda qöşimça avtobuslar qatnovi yölga qöyiladi.
Toşkent–Janubiy temiryöl vokzali hududida viloyatlararo avtobuslar uçun zaxira töxtaş joyi ajratiladi. Bayramdan kamida uç kun oldin «Toşkent–Samarqand–Buxoro–Urganç–Nukus» yönalişlaridagi zaxira avtobuslari şu yerga joylaştiriladi.
Havo qatnovlari ham köpaytiriladi. Bayramdan kamida ikki kun oldin «Toşkent–Urganç», «Toşkent–Nukus», «Toşkent–Buxoro» va «Toşkent–Termiz» yönalişlarida qöşimça aviareyslar amalga oşiriladi.
Rasmiylarga köra, qöşimça transport qatnovlari bayram kunlarida hududlarga sayohat qilişni yengillaştiriş, içki turizmni rivojlantiriş va tarixiy, madaniy hamda tabiiy turistik maskanlarga taşrif buyuruvçilar uçun qulaylik yaratişga qaratilgan.

















