Rossiya va Şvetsiya terma jamoalari örtasidagi töp bilan xokkey böyiça jahon çempionatining final uçraşuvi oldidan Rossiya madhiyasi ijroçisi madhiya matni sözlarini çalkaştirib yubordi va biroz tanaffusdan keyin uni kuylaşni davom ettirdi.   

Qöşiqçi qiz madhiyani a kapella uslubida ijro etayotganda ehtimol juda hayajonlanib ketgan. Qizning ovozi titray boşlagan, birozdan keyin esa umuman bir neça soniyaga jim bölib qolgan. Bu holat tomoşabinlardan ayrimlarining noroziligiga sabab bölgan va ular tomondan huştakbozlik qilingan.

Qöşiqçi öz xatosi uçun uzr sörab, yana kuylaşda davom etgan. Noqulay vaziyatga qaramay, xokkeyçilar va köpçilik tomoşabinlar qizni qöllab-quvvatlab, unga jör böla boşlaşgan. Madhiya yakunlangandan keyin tribunalardan guldiros qarsaklar yangragan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarining yozişiça, madhiyani rus qiz emas, balki şvetsiyalik qiz ijro etgan va şuning uçun u tilni yaxşi bilmasligi hamda hayajonini bosa olmagani sabab xatoga yöl qöygan.  

Şvetsiyaning Sandvikene şahridagi "Yoransson Arena" yopiq stadionida ötgan uçraşuv mezbon terma jamoa foydasiga 4:3 hisobida yakunlandi.