Xitoyning Şensi viloyatida yaşovçi erkak tomdan sakramoqçi bölgan xotinini soçlaridan uşlab qolib, qutqarib oldi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi mahalliy OAVga asosan xabar berdi.

Hodisa Şitsyuan aholi punktida ötgan yakşanba kuni yuz bergan. Ayol eri bilan janjal paytida bino tomiga çiqib, taxminan 20 metr balandlikdan sakramoqçi bölgan. Biroq erkak uning soçlaridan uşlab qolib, bunday holatda taxminan uç daqiqa uşlab turdi, söng tomga politsiyaçilar çiqib, ularga yordam berişgan. 

South China Morning Post gazetasi tomonidan taqdim etilgan videoda erkak sönggi qavatdagi oyna panjarasida turib, rafiqasining soçidan uşlab turgani tasvirlangan. Politsiyaçilardan biri tomga çiqib, ayolning kiyimini uşlagan hamda uning eriga yordam bergan. Bu vaqtda politsiyaçining hamkasblari uni uşlab turişgan.