Xitoy valyuta zaxiralari miqdori 12,3 milliard dollargaça kamayib, 2,998 trillion AQŞ dollarini taşkil etdi. Xitoy xalq banki tomonidan e'lon qilingan hisobotga köra, bu körsatkiç yetti oydan beri tuşib bormoqda hamda 2011 yilning fevralidan beri ilk bor 3 trilliondan kamga tuşib ketgan.

Yanvar oxirida oltin zaxiralari pul nisbatida 3,39 milliard dollarga ösib, 71,29 milliard dollarni taşkil etdi.

Xitoy valyuta zaxiralari sönggi ön yil davomida mahalliy mahsulotlarning eksporti tufayli tinmay oşib bordi. 2014 yildan boşlab zaxiralar hajmi xorijda xitoy mahsulotlariga bölgan talabning tuşişi tufayli pasaya boşladi. Bunga, şuningdek, mamlakat iqtisodiyoti ösişining sekinlaşişi va xalqaro moliya bozoridagi özgarişlar sabab böldi.

2015 yilda Xitoy valyuta zaxiralari 513 milliard dollarga tuşib ketgan bölsa, 2016 yilda bu körsatkiç 320 milliard dollarni taşkil qildi.