IŞID terrorçilik taşkiloti yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiyning joylaşgan örni aniqlandi, deb ma'lum qilgan Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy France24 telekanaliga.
"U yakkalangan va harakatlanişi çeklangan", deb ma'lum qilgan telekanal al-Obodiyga iqtibos keltirgan holda tvitterda. Iroq boş vaziri bilan suhbatning boşqa tafsilotlari keltirilmagan.
Dekabr örtalarida Iroq maxsus kuçlari qömondoni Fozil Barvariy al-Bağdodiy Mösuldagi yer osti bunkerida yaşirinayotganini ma'lum qilgandi.
Avvalroq AQŞ Davlat departamenti al-Bağdodiy haqidagi ma'lumot uçun mukofot pulini 25 mln dollargaça oşirgandi.
Asl ismi Ibrohim Avad Ibrohim al-Badriy bölgan al-Bağdodiy birinçi marta ommaviy ravişda 2014 yil iyulda Mösuldagi masjidda köriniş bergan. Öşandan keyin OAVda uning yöq qilingani haqida bir neça xabarlar paydo bölgan, biroq bu xabarlar tasdiğini topmagan.












