«Inter» «Mançester Siti» jamoasi hujumçisi Serxio Agueroni qölga kiritiş uçun jiddiy harakat qilmoqda.

The Times xabariga köra, mançesterliklar klubi rahbariyati milanliklarga Agueroni 93 million yevro evaziga sotib oliş mumkinligini ma'lum qilgan.

«Inter» uşbu 28 yoşli argentinalik futbolçiga 3 oydan buyon qiziqiş bildirib keladi. Jamoa unga yiliga 9 million yevro miqdorida maoş tayinlaşga tayyor.

Ba'zi manbalarga köra, italiyaliklar jamoasining xitoylik yangi investorlari yozgi transferlar uçun 400 million yevro ajratmoqçi.

Eslatib ötamiz, inglizlar jamoasi safiga yanvarda braziliyalik vunderkind Gabriel Jyezus kelganidan söng, Aguero asosiy tarkibdagi örnini yöqotdi.

Bundan oldingi xabarlarda uşbu futbolçiga «Real», «Çelsi», «PSJ», «Milan», «Barselona» va «Yuventus» kabi grand jamoalardan qiziqiş mavjudligi xabar qilingandi.