Şarjaning şarqiy qismi politsiyasi savdo markazida ayollarni kuzatib, ularni öz mobil telefoniga suratga olgan kişi qölga oldi. Bu haqida GulfNews naşrida xabar berildi. 

Politsiya bergan ma'lumotga köra, mazkur voqea Xurfakon şahrida sodir bölgan. 

Xurfakon politsiyasi ayollarni kuzatib, özini şubhali tutgan osiyolik kişi haqida ma'lumot olgan. 

Amirlik fuqarolaridan biri noma'lum kimsaning savdo markazi dökonlari böylab yurib, mobil telefonida ayollarni tasvirga olib yurganiga guvoh bölgan. Şundan söng politsiyaga murojaat qilgan. 

Politsiya gumondorni darhol qölga olgan. Ayblanuvçi ayol xaridorlarni tasvirga olganiga iqror bölgan. Videolar tortib olingan.