Prezidentning «Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini taʼminlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, talaba xotin-qizlarning kontrakt tölovlarini mahalliy hokimliklar hisobidan qoplab beriş tartibi belgilangan.

Unga köra, har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar talaba xotin-qizning kontrakt puli tölab beriladi.

Ularning 40 nafari birinçi kursda, 100 nafari esa ikkinçi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan talaba xotin-qizlar bölişi kerak.

Mazkur imtiyozdan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan kam taʼminlangan oilalarning qizlari foydalanişi mumkin.

Şuningdek, yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan talaba qizlar hamda voyaga yetmagan farzandlarini yolğiz tarbiyalayotgan yoki boquvçisini yöqotgan ayollarning qizlari ham kontrakt tölovini qoplab beriş uçun talabgor bölişi mumkin.

Biroq uşbu imkoniyat ikkinçi mutaxassislik böyiça taʼlim olayotganlarga tatbiq etilmaydi.

Şuningdek, Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy yoki xususiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarning kontrakt tölovlari mazkur tartib asosida qoplab berilmaydi.