Prezident Şavkat Mirziyoyev ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş böyiça yangi yondaşuvlarni belgilab berdi.
Davlat rahbarining 3-sentabr kungi yiğilişda bergan topşiriği asosida, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritiş tizimini qayta körib çiqadi.
Bunda aholi daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, köp bolalilik va oila aʼzosining xorijda işlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan köp ölçovli baholaş tizimiga ötiladi.
Respublikada kambağallik darajasi 3,9 foizga tuşgan bölsa-da, 3 yoşgaça farzandi bor oilalarda mazkur körsatkiç örtaça 6,5 foizni taşkil etmoqda.
“Bola parvarişlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada işli va daromadli qiladigan tizimni yölga qöyamiz”, – dedi prezident.
Işlaydigan onalarga farzandi bir yoşga tölguniga qadar Ijtimoiy suğurta jamğarmasidan nafaqa tölanadi.

Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uçun joriy yil 300 milliard söm ajratilgan. Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oşgani qayd etildi. Bir haftada uşbu tizimni davom ettiriş böyiça qaror loyihasini kiritiş topşirildi.
“Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy boğça badali, öquv markazi tölovi, yölkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vauçer orqali qoplab beriladi”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Vauçer 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan çiqarilganidan keyin ham amal qiladi.












