Özbekistonda yangi turdagi “bola puli” joriy etilmoqda.

11-sentabr kuni imzolangan prezident farmoniga muvofiq, mehnat şartnomasi asosida işlayotgan xotin-qizlarga 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran homiladorlik va tuğiş taʼtili tugagan kundan boşlab farzandi 1 yoşga tölgunga qadar Davlat ijtimoiy suğurta jamğarmasi tomonidan bola parvarişlaş nafaqasi tölanadi.

Farmon bilan, şuningdek, “Saxovat va kömak”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” jamğarmalari saqlab qolingan holda ularning mablağlarini tasarruf etiş hamda ular hisobidan ijtimoiy yordam va xizmatlar körsatişni taşkil etiş vakolatlari tuman (şahar) ştablariga ötkazildi.

2027-yil 1-yanvardan:

  • aholining ijtimoiy yordam va xizmatlarga muhtojligini örganiş hamda Ijtimoiy reyestrga kiritiş ularning moliyaviy holatidan taşqari oila aʼzolaridagi surunkali kasalliklar, nogironlik, taşqi mehnat migratsiyasi, oilaning köp bolali ekanligi kabi mezonlar asosidagi köp ölçovli baholaş tizimi orqali amalga oşiriladi;
  • köp ölçovli baholaş tizimi doirasida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati balli skoring tizimi orqali baholanib, uning natijalariga köra oilalar tegişli toifalarga ajratilgan holda ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olinadi.

Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar aʼzolariga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida 2026-yilda qöşimça ravişda 100 mlrd söm, 2027-yilda 300 mlrd söm foizsiz kreditlar ajratiladi.