2017 yilning 8 fevral kuni Al-Kuvayt şahrida Özbekiston-Kuvayt biznes forumi bölib ötdi. Forum işida Kuvayt davlatida rasmiy taşrif bilan bölib tugan Özbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi iştirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Forumning oçiliş marosimidagi nutqida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Kuvayt Savdo-sanoat palatasidagi tadbirdan bağoyat mamnun bölganini izhor etdi. Uşbu tadbir savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsion va boşqa sohalarda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini birgalikda belgilab olişga xizmat qiladi.
Vazir Özbekiston-Kuvayt aloqalarini yanada izçil rivojlantiriş va davlatlar örtasidagi işlatilmagan salohiyatdan faol foydalaniş uçun ulkan imkoniyatlar mavjudligiga alohida urğu berdi. Ta'kidlanganidek, hamkorlikning savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion yönalişlari Kuvayt bilan ikki tomonlama munosabatlarda eng ustuvor va istiqbolli soha sifatida qaraladi.
Kuvayt işbilarmonlar doirlari biznes-forum yakunlangandan söng Özbekiston haqida, uning hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va istiqbol uçun ustuvor yönalişlar hamda Özbekiston iqtisodiyotidagi tadbirkorlik faoliyati uçun yaratilgan ulkan imkoniyatlar töğrisida yanada köproq ma'lumotga ega bölişlariga umid qilindi.
Ta'kidlandiki, biznes sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş va çuqurlaştiriş uçun hozirgi paytda Özbekistonda barça zarur şaroitlar yaratilgan: davlatlar örtasida qalin va işonçli siyosiy muloqot örnatilgan, ikki tomonlama hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy bazasi şakllantirilgan, xorijiy investorlar uçun qulay investitsiya muhiti yaratilgan.
Nutq davomida qayd etildiki, bir neça marta bölib ötgan ikki tomonlama uçraşuvlar, jumladan 2016 yil oktabr oyida Toşkent şahrida bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Kuvayt Boş vazirining birinçi örinbosari, Taşqi işlar vaziri şayx Saboh al-Xolid al-Hamad as-Saboh bilan muloqoti savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni faol rivojlantiriş va kengaytiriş, öz mamlakati işbilarmon doiralarini aloqa örnatiş va qöşma loyihalarni amalga oşirişga rağbatlantiriş uçun ikki tomonda ham siyosiy iroda mavjudligidan dalolat berdi.
Nutqda ta'kidlanganidek, mustaqillik yillarida Özbekistonda xorijiy investorlar uçun keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi şakllantirildi, korxonalarning xorijiy investitsiyalar iştirokidagi faoliyatini rağbatlantiriş böyiça çora tadbirlar tizimi işlab çiqildi.
Biznes-forum işida Kuvayt Savdo-sanoat palatasi Direktorlar kengaşi a'zolari, yetakçi Kuvayt kompaniyalari, jumladan “KIRCO”, “KAMCO”, Kuvayt investitsion kompaniyalari, Kuvayt investitsiya agentligi, “Thuwany Trading Company” kompaniyasi, “Burgan Bank” banki vakillari va boşqalar iştirok etişdi.












