Rossiyalik taniqli sharhlovchi Dmitriy Guberniyev Marten Furkadning aralash estafeta sovrindorlarini taqdirlash marosimida o‘zini tutgani bo‘yicha keskin fikr bildirdi.

Fransiyalik sportchi taqdirlash marosimida rossiyalik sportchilar o‘zi bilan qo‘l berib ko‘rishishdan namoyishkorona bosh tortgach, shohsupada qolishni istamagan va Rossiya terma jamoasi taqdirlanayotganda o‘z joyini tark etishga qaror qilgandi.

«Marten, sen shunchaki to‘ng‘izsan. Bu haqda istasangiz butun dunyoga jar solishim mumkin», – deya gapirib o‘tdi Guberniyev «Match! Arena»dagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida.

Eslatib o‘tamiz, Furkad uchinchi bosqichda ishtirokini yakunlayotgan Loginovning chang‘isini tepib, uni yiqitib ketgan va keyinchalik bu ishni atayin qilmaganini ta'kidlagandi.