11 fevral kuni Angliya premer-ligasining 25-tur öyinlariga start beriladi. Tribuna.Uz Yevropaning eng tomoşabop çempionati öyinlari anonsi bilan taniştirib ötadi
ARSeNAL — HALL (11 fevral, 17:30, UzReport, Matç! Futbol 1)

Ketma-ket ikkita mağlubiyatdan keyin «Arsenal» Arsen Vengersiz navbatdagi uçraşuvni Angliyadagi faoliyatini ajoyib tarzda boşlagan «Hall»ga qarşi ötkazadi. Ikkala jamoaning barça musobaqalarni qöşib hisoblaganda sönggi 13 uçraşuvida «yölbarslar» birorta ham ğalaba qozona olişmagan, 11 uçraşuvda mağlubiyat uçragan.
«Arsenal» himoyaçisi Ektor Bellerin miya çayqalişidan keyin juma kundan boşlab yana maşğulotlarga qaytdi. Uning maydonga tuşiş-tuşmasligini şifokorlar hal qilişadi. Remzi, Kasorla hamon jarohatdan tuzalib safga qaytmagan. Muhammad En-Neni Afrika kubogidan söng ortga qaytdi. «Hall» jarohati sabab, Maykl Douson va Abel Ernandes xizmatidan foydalana olmaydi. Ahmad Al-Muhammadi ham Afrika kubogidagi iştirokini yakunlab jamoa ixtiyoriga qaytib kelgan.
MANÇeSTeR YuNAYTeD — UOTFORD (20:00, Matç! Futbol 1)
«Mançester Yunayted» premer-liga doirasidagi 15 uçraşuvdan buyon mağlubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Ammo jamoa noyabrdan buyon 6-örindan yuqoriga kötarila olgani yöq. Jamoa bu turda nihoyat yuqoriga kötariliş imkoniyatiga ega böladi. Joriy mavsumning birinçi davrasidagi uçraşuvda «Yunayted» «Uotford»ga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berib qöygan.
«MYu» sardori Ueyn Runi kiçik oğriqlardan qutulgan. Markos Roxo ham öyinga tuşişga tayyor, ammo Fil Jonsni tizzasidan olgan jarohati bezovta qilmoqda. «Uotford»da esa Nordin Amrabat lazaretda qolmoqda, ammo Kristian Kabasele maydonga tuşişga tayyor.
MIDLSBRO — EVeRTON (20:00)
«Tottenhem» uçralgan mağlubiyatdan keyin, Aytor Karanka jamoasi, gollar şousi uyuştirgan «Everton»ga qarşi maydonga çiqadi. Sönggi vaqtlarda «Everton» «Riversayd»da juda yaxşi öyin körsatib kelmoqda. Jamoa bu stadionda navbatdagi ğalabasini qölga kiritişga urinib köradi. Ikkala jamoaning, barça musobaqalarni qöşib hisoblaganda, sönggi 8 uçraşuvda «Midslbro» biror marta ğalaba qozona olmagan.
«Midlsbro» şifkorlari öyindan oldin Jorj Frend va Gaston Ramiresning maydonga tuşiş tuşmasligini hal qilişi kerak böladi. Afrika kubogidan qaytgan Idrissa Guyye esa «Everton»ga yana yordam berişi mumkin böladi.
STOK SITI — KRISTAL PELAS (20:00)
«Selxyorst Park»dagi birinçi davra uçraşuvida «Stok» mavsumdagi eng yomon uçraşuvini ötkazib 1:4 hisobida yutqazgandi. Ötgan turda «Kristal Pelas» ligada qoliş uçun kuraş olib borayotgan «Sanderlend»ga öz uyida 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi. Sem Ellardays jamoasi tez orada öziga kelib olmasa, keyingi mavsumni quyi ligada boşlaşiga töğri keladi. «Pelas» barça musobaqalarni qöşib hisoblaganda sönggi beşta uçraşuvning barçasi «Stok»dan ustun kelgan.
«Stok» hamon Glen Jonson va Çerdan Şaqirisiz öynaşga majbur. Ramazon Subhi esa Afrika Kubogidan qaytib keldi. «Pelas» nihoyat Mamadu Sako va Luki Milivoyeviç kabi yangi futbolçilar xizmatidan foydalanişi mumkin böladi. Skott Dann hamon jarohatini tiklaş bilan band, ammo Jyeff Şlupp safga qaytişga tayyor bölib turibdi.
SANDeRLeND — SAUTHeMPTON 20:00
Ötgan turdagi ajoyib ğalaba ham «Sanderlend»ga sönggi örinlarni tark etişiga yordam bergani yöq. Ammo bu ğalaba jamoaning öziga bölgan işonçini ortişiga sabab bölişi kerak. «Sauthempton» esa juda yomon ahvolda qolgan. Jamoa premer-liganing sönggi yetti uçraşuvidan oltitasi mağlubiyatga uçradi. Ikkala jamoaning sönggi 8 uçraşuvida «Sanderlend» faqat bir marta ğalaba qozona olgan xolos.
«Sanderlend» tarkibida diskvalifikatsiya muddatini ötayotgan Pap Jilobodji va jarohat olgan Jyek Roduell xizmatidan foydalana olmaydi. Jon ÖŞi va Adnan Yanuzay esa safga qaytgan. «Sauthempton» tarkibiga rekord darajada transfer bölgan Sofian Bufal jarohati sabab öyinda maydonga tuşa olmaydi. Jamoadagi eng katta yöqotiş sözsiz Virgil Van Deykning uzoq muddatga safdan çiqqani bölib qolmoqda.
VeST HEM — VeST BROMVIÇ 20:00
Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan ikki jamoa örtasidagi töqnaşuv. Jamoalar joriy mavsumda yevrokuboklarga ham da'vogarlik qila olmasa kerak. Öz navbatida quyi ligaga tuşib ketiş xavfi ham kam. «Vest Hem» öz uyida «Vest Bromviç»ga qarşi premer-liga doirasidagi sönggi yetti uçraşuvda biror marta mağlubiyatga uçramagan, beş marta ğalaba qozongan.
«Vest Hem»da Endi Kerroll va Aaron Kressuellni kiçik jarohatlar bezovta qilmoqda. Anjyelo Ogbonna va Diafra Sako esa ularning örnini egallaşga tayyor. «Vest Bromviç»da beşta uçraşuvdagi tanaffusdan söng Jonni Evans safga qaytişi kutilmoqda. Klaudio Yakob ham muammolaridan qutulgan.
LIVeRPUL — TOTTeNHEM (22:30, UzReport, Matç! Futbol 1)

2017 yilda 10 uçraşuvda faqatgina bir marta ğalaba qozongan «Liverpul» barça davrlardagi antirekordlarini yangilab böldi. «Qizillar» çempionlikdan umidini uzib bölişdi va endi YeÇL yöllanmasi uçun kuraşişlariga töğri keladi. «Tottenhem» esa «Çelsi»ga qarşilik körsatişi mumkin salkam yagona jamoa bölib qolmoqda. Ikkala jamoa iştirokida barça musobaqalardagi sönggi 9 uçraşuvda «şporlar» biror marta ham ğalaba qozona olişmagan, olti mağlubiyat uç durang.
«Liverpul» himoyasida muammolar kuzatilişi davom etmoqda. Deyan Lovren va Ragnar Klavanning holati murabbiylar ştabini bezovta qilmoqda. «Tottenhem»da esa Yan Vertongen va Danni Rouz jarohati sabab hamon maydonga tuşa olmayapti. Erik Lamelada ham xuddi şunday holat. Kiran Tripper esa safga qaytgan.
BYoRNLI – ÇeLSI (12 fevral, 18:30, UzReport, Matç! Futbol 1)

Şon Dayç şogirdlari 2016 yil 26 noyabrdan buyon öz uyida ötkazgan birorta uçraşuvda raqiblariga oçko bermagan. Yetti uçraşuvda ğalaba qozongan jamoa sönggi marta 31 dekabrda öz darvozasidan töp ötkazib yuborgan. Biroq jamoaning mehmondagi uçraşuvlari juda yomon.
«Çelsi» esa mehmonda ham yaxşi öyin körsatmoqda. Jamoa safardagi 12 uçraşuvda 26 oçko töplaşga muvaffaq bölgan. Bu APLdagi eng yaxşi körsatkiç sanaladi. «Byornli» Angliya çempionati doirasida «Çelsi»ni sönggi marta 44 yil muqaddam 1973 yilda mağlubiyatga uçratgan xolos.
SUONSI – LeSTeR (12 fevral, 21:00, UzReport, Matç TV)
«Suonsi» sönggi uçta uçraşuvning ikkitasi «Liverpul» va «Sauthempton»dan ustun kelgan bölsa, «Mançester Siti» uyida sönggi daqiqalarda durangni qöldan çiqardi. Jamoa boş murabbiy Klement yangi klubga kelgan oyidayoq premer-ligada eng yaxşi böla oldi.
«Lester»da esa hammasi joyida deb bölmaydi. Jamoa APL doirasidagi sönggi 4ta uçraşuvda ketma-ket mağlubiyatga uçradi. 5 uçraşuvdan buyon ğalaba nimaligini bilmay kelmoqda. Raneri jamoasi mehmonda ötkazgan 12ta uçraşuvning birortasida ğalaba qozona olmagan, 9ta mağlubiyat.
BORNMUT – MANÇeSTeR SITI (14 fevralga ötar keçasi, 01:00, UzReport, Matç! Futbol 1)

«Bornmut» juda qiyin davrlarni boşdan ötkazmoqda. Jamoa APL doirasidagi sönggi beşta uçraşuvning barçasida mağlub bölgan. Sönggi turdagi uçraşuvda jamoa « «Everton»dan oltita gol ötkazib yubordi.
Pep Gvardiola jamoasida esa yangi umid uçquni bölib xizmat qilayotgan Gabriel Jyezus paydo böldi. Sönggi ikki uçraşuvda 3ta gol va 1ta golli uzatma muallifi bölgan braziliyalik futbolçi jamoaning ğalabali seriyasini boşlaşida kömaklaşdi. Ammo jamoa mehmondagi uçraşuvlarda yaxşi öyin körsata olmayapti. Jamoa 12ta uçraşuvning 4tasida mağlub bölgan. Şularning uçtasi sönggi beşta safar öyinida qayd etilgan.












