Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy Xalq partiyasining XVIII qurultoyidagi ovoz beriş natijasiga köra partiya raisi lavozimini özida saqlab qoldi.
Şuningdek, partiya rahbariyatining qolgan a'zolari, jumladan partiya boş kotibi, mamlakat mudofaa vaziri Mariya Dolores de Kospedal ham öz lavozimlarini saqlab qolganlar.
"Barça öz joyida qoladi, men heç kimni almaştirmadim, çunki hamma yaxşi işladi", deb aytgan Raxoy.
Raxoy taklif qilgan partiya rahbariyati röyxatiga 95,65 foiz ovoz berilgan.












