Bangladeşda istiqomat qiluvçi 8 yoşli Mehendi Hasan doimiy ravişda uyda ötiradi. Bunga uning kamyob kasallik bilan oğrişi sababdir – u bolani toşga aylantirib qöydi. Bola nimaga qöl tekkizsa, bu unga juda kuçli oğriq beradi.
Hasanning yuzi odatiy körinişga ega bölsa-da, tanasining boşqa barça qismi qatqaloqqa ega, bu bolaning harakat qilişi va qöllariga turli buyumlar olişiga halal beradi.
Bolaning onasi hukumat va barça mahalliy kasalxonalarga taşxis qöyiş hamda bu kasallikni davolaş böyiça murojaat qilgan. Hasan 12 kunlik bölganida, ota-onasi uning terisida kiçik toşmani aniqlaşdi, biroq bunga e'tibor qaratişmagan. Bu holat butun tanaga tarqab ketgaç, ota-ona öz farzandini şifokorlar körigi böylab olib yura boşladi. "Şifokorlardan heç biri bu kasallik nima ekanini bila olmadi. Ular bu kamyob xastalik ekani hamda uni davolab bölmasligini aytişdi", - deydi Hasanning otasi Abul Qalam Ozod.

Hasan qişloqlardan birida davolaş muolajalari va yaxşi şaroitlarsiz yaşamoqda. Mahalliy aholi vakillari hattoki unga qaraşni ham istamaydi. U terisiga zarar yetkazmaydigan kiyim kiyib, kun böyi uyda ötirişga majbur.

"Men uni davolaş uçun barça imkoniyatni işga solaman. Uning azob çekayotganini köriş juda ham oğriqli", - deydi Hasanning onasi Jahonara Begim.












