Bugun odamlar va boşqa tirik mavjudotlar orasida, tanasida köplab viruslar yaşamoqda. Ularning ayrimlari juda xavfli bölib, agar keng tarqalsa, köplab insonlar nobud bölişi mumkin. Boşqalari esa yuqumli bölsa-da, unçalik xavfli hisoblanmaydi.

Masalan, Yer yuzi böylab gripp, gerpes (uçuq) kabi bir neçta viruslar keng tarqalgan. Biroq ular inson hayoti uçun xavfli emas. Şuningdek, 2020 yilda butun dunyoni xavotirga solgan Covid-19 virusi ham mutatsiyaga uçradi va uning inson salomatligiga xavfi birmunça kamaydi.

Ammo ebola, parranda grippi, “Qrim-Kongo gemorragik isitmasi” kabilar kam uçrasa-da, insoniyat uçun ançayin xavfli viruslar sanaladi. Hozir insoniyatni xavotirda uşlab turgan 10 ta virus haqida gaplaşamiz.

Quturiş

alamy.com

Xavfli viruslar röyxatining eng tepa qismida tirik jonlarning quturişiga sabab böladigan virus joylaşgan. Bu virus juda xavfli bölib, tanada uning simptomlari paydo bölgaç, ölim ehtimoli 100 foizga yaqinlaşadi.

Bu virus odamlarga asosan u bilan kasallangan hayvonlardan, asosan itlardan yuqadi. Tanasida quturiş virusi bölgan itlarning tişlaşi, tirnaşi, sölagi va u bilan böladigan boşqa muloqotlar oqibatida virus odam tanasiga tez ötadi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotiga köra, har yili dunyoda 59 ming odam quturişdan vafot etadi. Ölimlarning 95 foizi Afrika va Osiyo davlatlarida sodir böladi. Afsuski, ularning orasida Özbekiston ham bor.

Özbekiston quturiş kasalligi böyiça tabiiy öçoqli hudud hisoblanadi. Mamlakatimizda har yili bu kasallik sanoqli sonlarda öz vaqtida tibbiyot muassasalariga murojaat qilmaslik oqibatida qayd etiladi.

B virusi

stock.adobe.com

Bu virusni “Herpes B” deb ham ataşadi va uning taşuvçisi asosan makaka maymunlari hisoblanadi. B virusi ilk bor 1932 yilda