Ijtimoiy tarmoqlarda vodiyning ayrim tumanlarida qoramollar ommaviy kasallanayotgani haqida miş-miş tarqaldi. Veterinariya boşqarmasiga köra, kuzatilayotgan kasallik çorvadorlar aytayotganidek oqsil (yaşur) emas, balki qoramol stomatiti bölib, havo harorati kötarilişi bilan ötib ketadi.

Kun.uz muxbiri çorvasi kasallikka çalingan bir neçta xonadonda bölib, rasmiylar bilan suhbatlaşdi.

Ma’lumotlarga köra, çorvalarni holdan toydirgan kasallik bir neça oy avval boşlangan va bu qöşni tumanlarga ham tarqala boşlagan.

Kasallikka çalingan qoramollar holatini örganiş jarayonida çorva egalaridan ma’lumot olişning imkoni bölmadi. Aniqroği, ular negadir bu haqda gapirişni xohlamadi.

Veterinariya boşqarmasi mutaxassislari esa kuzatilayotgan kasallik odamlar aytayotgan yaşur (oqsil) emas, balki qoramol stomatiti ekanini ma’lum qildi.

“Vahimaga örin yöq”

Farğona viloyati veterinariya boşqarmasi virusologiya laboratoriyasi mudiri Asqarali Ğoziyev:

— Oqsil kasalligi aksariyat juft tuyoqli hayvonlarda, ya’ni köproq qoramollarda, qöy, eçki va ohularda kuzatiladi. Kasallik qözğatuvçi virus haqiqatan ham juda tez tarqaladi. Asosiy klinik belgilariga keladigan bölsak, albatta, hayvonlarda birinçi navbatda oğzida, şilliq pardalarida, tillarida, milklarida yaralar hosil bölişi bilan, sigirlarning yelinlari oğrişi bilan va ayrim holatlarda tuyoqlarining orasida yaralar paydo böliş bilan xarakterlanadi.

Lekin biz körgan holatlarda oqsil kasalligining alomatlari körinmayapti. Çunki mana, bir xonadonda, mana şu joyning özida ham qöylar, ham eçkilar, ham qoramollar turibdi, klinik belgilari körildi, heç qanday bu aytilgan kasallikning alomatlari kuzatilmadi. Bir tomonda oğzidan köpik oqayotgan sigir turibdi, bir tomonda esa qöylar. Qöylarga kasallik tegmagan. Agar tarqagan kasallik haqiqatan ham yaşur bölganida, qöylar ham kasallangan bölardi.

Bahorga kelib çorvalarda ozuqa yetişmasligi sababli avitaminoz hosil böladi. Natijada çorvalarning oğiz böşliği, tili, milklari şilinib, yaralaniş paydo böladi. Buni oddiy tilda stomatit desa ham böladi.